03.11.2012

Ko`p ziddiyatlar oldinda!

  Mali! Jaxonning yangi inqirozini qarshi oling! Xaritaga nazar tashlang. Mali ulkan, Saharadan, shimolda Ajir chegarasidan Niger daryosi bo`ylab qaynoq janubga tomon cho`zilib ketgan davlat. 14.5 mln aholisining katta qismi dehqonchilik va baliqchilik evaziga kun kechiradi.


  Fransiya Malini o`zining G`arbiy Afrika Imperiyasining bir qismi sifatida boshqarar edi va haligacha ham ushbu regionda iqtisodiy, xarbiy manfaatlari mavjud. 

  Fransiya G`arbiy Afrika liderlarini qudratga keltirib, moliyaviy jihatdan ta`minlab, ularni hokimiyatda ushlab turish maqsadida Xorijiy Legionerlarning kichik garnizonlaridan foydalanganiga ko`p vaqt bo`lgani yo`q. Maxfiy ta`minotlar hali ham davom etmoqda. Fransiya maxfiy xizmati agentlari hozirgacha Shimoliy va G`arbiy Afrika davlarida kechayotgan siyosiy jarayonlarning ko`rinmas pardasi ortida faoldirlar.

  Fransiya Afrikadagi hududlarini qo`ldan boy bergandan so`ng, AQSH bu yerlarda tabiiy zahiralarga ega bo`lish va tobora regionda keng quloch yozayotgan Xitoyning yo`lini to`sish maqsadida faolligini oshirdi.
2012-yilning martida tuareglar va islomiy jangarilar Malining shimoliy qismini egallab olishdi. Shundan so`ng AQSHning maxsus kuchlari Amadu Tourning Bamakodagi qonuniy hokimiyatini ag`darib tashladilar.
Tuareglar yarim-yovvoyi ko`chmanchi sahroyilar bo`lib, ularni “Saharaning moviy odamlari” deb atashadi. Fransiya colonial qo`shinlari va Legionerlar butun 19-asr davomida tuareglar bilan jang qilishdi va 20-asrning o`rtalariga kelib g`alabaga erishdilar.

  Hozirda tuareglar Malining shimoli, Aljir va Mavritaniyaning janubida joylashgan Azavadda o`z davlatlarini qurishni istashmoqda. Shu tufayli tuareglarni “Sahara Kurdlari” deb ham atashadi.

  Avvaliga tuareglar bilan ittifoqqa kirishgan Ansoriddin boshchiligidagi islomiy jangarilar, keyinchalik ularni siqib chiqarib, afsonaviy Timbuktu shahrini qo`llarida saqlab qolishga muvaffaq bo`ldilar. Shahar egallangandan keyin hatto xaritadan ham Timbuktuni topib berolmaydigan g`arbliklardan g`azablanadigan jangarilar, alamlarini qadimiy sag`analarni buzib tashlashdan oldilar. 

  Shundan so`ng Fransiya talabi ostida BMT Xavfsizlik Kengashida Malidagi isyonchilarni yakson etish uchun intervensiya tashkil qilishga ovoz berildi. Fransiya intervensiyaga G`arbiy Afrika Iqtisodiy Guruhi boshchilik qilishini istashini ma`lum qildi. Lekin bu AQSHning Iroq, Afg`oniston va Liviyadagi “koalitsiya”sidan o`zga narsa emas. Agar intervensiya uyushtirilgudek bo`lsa, har operatsiya fransuz xarbiy kuchlari tomonidan tashkillashtiriladi va amalga oshiriladi.

  Vashingtonda boshqacha reja bor. AQSH Somalidagi al-Shabab guruhiga qarshi qo`llanilayotgan usul tarafdori. So`ngi 4 yilda Vashington Uganda, Efiopiya va Keniya askarlaridan iborat 20,000 kishilik armiyaga Somalini al-Shababdan tozalishi uchun 600 mln $ sarfladi. AQSH Malida ham xuddi shunday ssenariyni amalga oshirmoqchi. Unga ko`ra Nigeriya asosiy vazifani bajaradi, Marokash va Aljir esa Nigeriyani qo`shimcha kuch bilan ta`minlaydi.

  Timbuktudek olisdagi va tashqi dunyodan uzilib qolgan shaharda pikap mashinalarida yurgan ko`chmanchi jangarilarga qarshi hali ko`p kuch sarflanadigan ko`rinadi. Xechqisi yo`q. AQSH va fransuz medialari allaqachon Saharadek odamzod qadami yetishi qiyin bo`lgan hududda ham “Islomiy tahdid” paydo bo`lgani haqida butun olamga jar solib, hammani ko`ngliga g`ul-g`ula solib bo`lishdi. Endi buyog`iga yangi tuzilajak “Koalitsiya”ga o`z-o`zidan yordam oqib kelaveradi.

  Lekin savol tug`iladi: AQSH yangi intervensiyaga tayyormi? Vashingtonga shunchasi yetmadimi? Yetmagan ko`rinadi…

  Mali inqirozi mintaqaviy tus olib ketishi mumkin. Uning qo`shnilari Aljir, Mavritaniya, Burkino-Faso va Fil Suyagi Qirg`og`ida markazlashgan hokimiyat mavjud emas. Garbiy Saharaliklar o`nlab yillardan beri o`z davlatlarini barpo etish maqsadida Marokashga qarshi harakat qilib kelishadi. Xuddi shu “poroxli bochka”ga AQSH va Fransiya tomonidan tashkillashtirilayotgan yangi “salib yurushi” tarixdagi eng daxshatlisi bo`lishi mumkin.


Комментариев нет:

Отправить комментарий