16.10.2012

Afrikada islomiy fundamentalizm


             
So`ngi paytlarda Afrika bo`ylab islomiy ekstremistik guruhlarning keng tarqalishi terrorga qarshi urushning aks-sadosidir. Islomiy guruhlar Nigeriyadan to Somaligacha o`z ta`sirlarini oshirmoqdalar va al-Qoida bilan aloqalarni mustahkamlashga urinmoqdalar. Biz hozirgi kunda Afrikada eng faol bo`lgan to`rtta islomiy guruhni ko`rib chiqishga harakat qilamiz. 




                                 Islom Mag`ribidagi al-Qoida (IMAQ)– Aljir va Sahel

  Aljirda tashkil topgan Islom Mag`ribidagi al-Qoida sunniy guruh bo`lib, Shimoliy Afrikadagi islomiy ekstremistik uyg`onishning asosiy javobgarlaridan biridir. Oldin Salafiylar Harakati nomi bilan mashxur bo`lgan bu guruh 2006-yili al-Qoida bilan qo`shilishi ortidan hozirgi nomini oldi va al-Qoidaning mahalliy tarmoqlaridan biriga aylandi. IMAQ asosiy maqsadi aljir hukumatini qo`liga olish va mamlakatda islomiy davlat qurishdir. Guruhning ildizi XIX asr boshlarida bo`lib o`tgan Aljir Fuqarolar Urushi davridagi mahalliy isyonchilarga borib taqalsa ham, al-Qoida bilan qo`shiluvi natijasida uning faoliyati xalqaro tus oldi. Hozirgi kunda guruh Sahel (Shimoliy Afrika) bo`ylab jangarilik harakatlarini olib bormoqda. U shu kungacha Mavritaniya, Mali, Niger va Chadda terroristik aktlarini sodir etgan. IMAQ, shuningdek, Shimoliy Afrikada yevropalik sayyohlarni o`g`irlash ortidan ham nom chiqargan. AQSHning Afrika Boshqaruviga ko`ra IMAQ al-Qoidaning hozirdagi eng boy tarmog`idir.

                                                           Boko Haram - Nigeria
   Nigeriyaning shimolidagi musulmon ko`pchiligidan tashkil topgan Boko Haram guruhi ayni paytda mazjur mamlakat xavfsizligining eng og`riqli nuqtasiga aylanib ulgurdi. Guruh 2009-yil iyulidagi mingdan ortiq insonni hayotdan olib ketgan diniy to`palonlar ortidan xalqaro e`tiborga tushdi. Boko Haram shafqatsiz anti-dunyoviy/anti-G`arb g`oyasini targ`ib qiladi, shu sababli ham guruh o`ziga “Boko Haram”, ya`ni Hoasa tilida “G`arb ta`limi gunohi-azimdir” degan nomni olgan. Bu guruh butun Nigeriya bo`ylab bo`lgan ko`plab, asosan, anti-nasroniy tusga ega portlashlarga javobgar hisoblanadi. Boko Haramning mafkurasi G`arb bilan har qanday ko`rinishdagi aloqani rad etadi va Islomga zid ekanligini ro`kach qilib, zamonaviy ilm-fanni tan olmaydi. Boko Haram ham IQAM, al-Shabab jangari guruhlari kabi, asosan, g`arbliklarni nishonga oladi.

                                                Al-Shabab – Somali va Afrika Burni

  Somali uchun asosiy tashvish tug`diruvchi xavfli kuch - bu al-Qoidaning Afrika Burnidagi hamkori al-Shabab guruhidir. Al-Shabab bir vaqtlar Somali Muvaqqat Federal Hukumatining (MFH) asosiy raqibi bo`lgan Islomiy Sud Birlashmasi (ISB) ning qoldiqlaridan oyoqqa turgan. 2006-yilning so`ngida MFH-Efiopiya qo`shma operatsiyalari natijasida ISB ga qattiq zarbalar berildi va natijada ISB kichik-kichik guruhlarga bo`linib ketdi. Keyinjalik, ushbu guruhlar birlashishi asosida al-Shabab tashkil qilindi. Guruh 2007-yilda al-Qoida bilan rasman aloqalar o`rnatdi. Al-Shabab, garchi MFH va Afrika Kengashi qurolli kuchlari tomonidan jiddiy zarar ko`rgan bo`lsa ham, ayni paytda, Janubiy Somalining katta qismini o`z nazorati ostida ushlab turish uddasidan chiqib kelyapti. 2012-yil iyun oyidagi ma`lumotlarga ko`ra al-Shabab ixtiyorida 4000 dan 6000 gacha jangari mavjud. 2010-yildagi Kampala portlashlari va Keniya chegarasiga xujumlardan so`ng mahalliy guruh darajasidan chiqib ketganligini isbotladi va ayni paytda Sharqiy Afrika barqarorligi uchun eng katta xavf bo`lib turibdi. Guruh tarkibidagi jangarilar faqatgina mahalliy somaliliklardan emas, balki Keniya, Yaman, Pokiston, Fors Ko`rfazi davlatlari, hattoki, G`arb davlatlari fuqarolaridan iborat ekanligi al-Shababga nisbatan xavotirni yanada kuchaytiradi. Al-Shabab dushmanlari ro`yxatida MFH, AQSH, Afrika Kengashi va Keniya yuqori pog`onada turishadi.

                                                                    Ansoriddin – Mali

  Afrikada mavjud to`rt asosiy islomiy guruhlarning eng yoshi Ansoriddin 2012-yilning boshida Shimoliy Malida nazoratni o`z qo`liga olish uchun maydonga chiqdi. Azovod Ozodligi uchun Milliy Harakat (AOMH) nomli tuareg isyonchi guruhi bilan birgalikda Ansoriddin 2012-yilning mart oyida Malining eng shimoliy hududi- Azovodni egallab olishga muvaffaq bo`ldi. Shundan so`ng Ansoriddin ushbu hududni Shariat qoidalari asosida boshqarishga kirishdi. Boshida butun dunyoni hayratga solgan noodatiy ittifoq- islomiy Ansoriddin va dunyoviy AOMH o`rtasidagi “do`stlik”, garchi boshlanishida hukumat kuchlarini Azovoddan haydab chiqarib, yaxshi ish bergan bo`lsada, keyinchalik islom va dunyoviylik xech qachon kelisha olmasligini isbotladi. Maqsadi Azovodda islomiy davlat qurish bo`lgan Ansoriddin va tuareglar uchun ona makon bo`lgan ushbu hududni mustaqil qilishga tirishayotgan AOMH o`rtasida ko`p o`tmay nizolar paydo bo`ldi. Hudud ustidagi qarama-qarshiliklar 2012-yilning 28-iyunida ikki o`rtada qurolli to`qnashuv (Gao Jangi)ga olib keldi. Azovoddagi boshboshdoqliklarga nisbatan bildirilgan kuchli xalqaro e`tirozga javoban Ansoriddin Timbiktu shahridagi qadimiy musulmon maqbaralarini yoppasiga buzib tashlash amalini boshladi. Ma`lumotlarga ko`ra ham Ansoriddin, ham AOMHning paydo bo`lishi Liviyadagi fuqarolar urushi bilan bog`liqdir, ular tarkibidagi jangarilar, asosan, parokandalik davrida nazoratsiz qolgan Kaddafi xarbiy omborlaridan olingan yarog`lar bilan qurollanishgan.

Комментариев нет:

Отправить комментарий